Qonunchilik palatasi spikeriga yangi o‘rinbosarlar saylandi
Mavluda Xo‘jayeva va Rahimjon Hakimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosarlari etib saylandi.
Toshkent shahrida yangi chaqiriq Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi tashkiliy majlisida spikerga yangi o‘rinbosarlar saylandi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Qonunchilikka muvofiq, spikerining o‘rinbosarlari siyosiy partiyalar vakillari kengashining tavsiyasiga asosan quyi palata tomonidan saylanadi. Ularning soni, qoida tariqasida, 2 nafardan oshmasligi kerakligi belgilangan.
Majlisda O‘zLiDePdan saylangan deputat Mavluda Xo‘jayeva Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari etib ko‘rsatildi va ovoz berish yo‘li orqali saylandi. U palataning Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlab kelayotgandi.
Shundan so‘ng, O‘zLiDePdan saylangan deputat Rahimjon Hakimovni spikerning o‘rinbosari etib ko‘rsatildi va ovoz berish yo‘li orqali saylandi. U 2022-yilda prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Avvalroq O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri lavozimiga yashirin ovoz berish yo‘li bilan XDP deputati Nuriddin Ismoilov qayta saylangandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Nuriddin Ismoilov Qonunchilik palatasi Spikeri etib saylandi Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni g‘alaba bilan tabrikladi Tramp o‘zini AQShning 47-prezidenti deb e’lon qildi Alisher Usmonov Qilichbozlik federatsiyasi prezidentligiga qayta saylanishi mumkin Saylovda bir kishiga Saylovda bir kishiga bir necha byulleten bergan komissiya a’zosi sudlandi