4 Oktabr 2024, 14:30 Oʻzbekiston

Qo‘shiqchi Jahongir Otajonov jarimaga tortildi

Xonanda Jahongir Otajonov avtomobilini 195 km/soat tezlikda boshqargani uchun jarimaga tortildi.

Qo‘shiqchi Jahongir Otajonov jarimaga tortildi

Xonanda Jahongir Otajonov o‘zining Zeekr X avtomobilida yo‘l harakati qoidasini qo‘pol ravishda buzgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Keltirilishicha, holat bo‘yicha Samarqand viloyati Jamoat xavfsizligi departamenti tomonidan qoidabuzarga nisbatan chora ko‘rilgan.

Unga ko‘ra, haydovchi avtomobilida Toshkent-Samarqand yo‘lida 195 km/soat tezlikkacha chiqqani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128/3-moddasiga muvofiq BHMning 9 baravari (3 mln 375 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortildi.

Shuningdek, kodeksning 128/1-moddasiga ko‘ra, yo‘lda telefondan foydalanib holatni videoga olgani uchun esa BHMning 3 baravari miqdorida (1 mln 125 ming so‘m) jarima tayinlandi. Ma’lumot uchun, fuqaro jarimani 15 kun ichida to‘lasa 50 foizlik chegirma qo‘llaniladi.

Mashhur yangiliklar