“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi hududi kengaytiriladi
Prezidentning erkin iqtisodiy zonasining hududini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasining hududini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish maqsadida, Quvasoy shahri hokimligi zaxirasidagi jami 210,4 gektar yer uchastkalari hisobiga “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi (“Qo‘qon” EIZ) hududi kengaytiriladi.
“Qo‘qon” EIZ kengaytirilayotgan hududining bosh rejasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, bunda:
- “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” unitar korxonasi bosh rejani ishlab chiqishda buyurtmachi tashkilot etib belgilanadi;
- bosh reja loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha loyiha tashkiloti tender (tanlov) savdolari natijasiga ko‘ra aniqlanadi.
Shuningdek, 2026-yil oxirigacha “Qo‘qon” EIZning kengaytirilayotgan hududida kamida 1 milliard AQSH dollari miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirilishi, 11,7 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi, yiliga 965 million AQSH dollari miqdorida qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish, shundan 313,6 million dollarini eksportga yo‘naltirish bo‘yicha quvvatlar ishga tushirilishi ta’minlanadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Qo‘qonda xalqaro terroristik tashkilot tarafdorlariga hukm o‘qildi Qo‘qon aeroportidan Toshkent, Samarqand va Buxoroga parvozlar yo‘lga qo‘yiladi Prezident qayta ochilgan Qoʻqon aeroportiga bordi