Qibrayda 1,2 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
Hozirgi kunda holatga aloqador barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborilgan.

Toshkent viloyatida 1,2 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ xabar berdi.
Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlarida Qibray tumanining “Obod” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro T.M. xonadoni ko‘zdan kechirilganda, iste’molchi issiqxona tashkil etib, tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagichsiz, yashirin yo‘llar bilan rezina shlang orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, “zangori yoqilg‘i”dan noqonuniy foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi.
Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, gaz sarfi qayta hisob-kitob qilindi va 1 milliard 259 million so‘mlik zarar hisoblandi. Holatga aloqador barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda ikki yarim oyda 327 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy fodalanildi Bekoboddagi zapravkada 11 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi Toshkent viloyati 19 yoshli yigit pichoqlab o‘ldirildi Bekobodda qum qazib olganlar tabiatga 100,6 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi Toshkent viloyatida issiqxona 310 mln so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi
Soʻnggi yangiliklar







