21 Yanvar 2025, 16:58 Oʻzbekiston

Qibrayda 1,2 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

Hozirgi kunda holatga aloqador barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborilgan.

Qibrayda 1,2 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

Toshkent viloyatida 1,2 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ xabar berdi.

Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlarida Qibray tumanining “Obod” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro T.M. xonadoni ko‘zdan kechirilganda, iste’molchi issiqxona tashkil etib, tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagichsiz, yashirin yo‘llar bilan rezina shlang orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, “zangori yoqilg‘i”dan noqonuniy foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi.

Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, gaz sarfi qayta hisob-kitob qilindi va 1 milliard 259 million so‘mlik zarar hisoblandi. Holatga aloqador barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi.

Mashhur yangiliklar