11 Fevral 2025, 13:34 Oʻzbekiston

Qashqadaryodagi “zapravka”da Spark yonib ketdi

Hodisa oqibatida shoxobchaning qoʻshimcha binolariga zarar yetmagan.

Qashqadaryodagi “zapravka”da Spark yonib ketdi

Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi yoqilgʻi quyish shoxobchasida Spark rusumli avtomashina yonib ketdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boʻlimi axborot xizmati sodir boʻlgan hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun 11-fevral kuni soat taxminan 08:00 lar atrofida Koson tumani FVBga avtomobil yonayotgani yuzasidan xabar kelib tushgan.

Unga koʻra, Koson tumani “Pudina” mahallasi hududida joylashgan avtomobillarga (siqilgan gaz quyish) yoqilgʻi quyish shoxobchasida yoqilgʻi olish maqsadida toʻxtab turgan Spark rusumli avtomobilning old qismi yongan.

Voqea joyiga 1 ta yongʻin-qutqaruv boʻlinmasi soat 08:15 da yetib borib, yongʻinni 08:22 da toʻliq oʻchirgan.

Yongʻindan hech kim tan jarohati olmagan, hozirda yongʻin sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida shoxobchaning hech bir qoʻshimcha binolariga zarar yetmagan.

Mashhur yangiliklar