Qashqadaryodagi o‘rmon xo‘jaligida 6 tup archa kesib ketildi
“Duob” o‘rmon bo‘limi hududida 6 tup archa daraxti kesib ketildi, oqibatda tabiatga 41,4 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida navbatdagi nazorat reyd tadbirlari olib borildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Unda Dehqonobod davlat o‘rmon xo‘jaligining “Duob” o‘rmon bo‘limi hududida jami 6 tup archa daraxti kesilgani aniqlandi. Oqibatda tabiatga 41 mln 400 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan “Duob” o‘rmon bo‘limi mas’ul qo‘riqchisi R.B.ga nisbatan MJtKning 79-moddasi, 4-qismi (daraxtlar, butalar, boshqa o‘rmon o‘simliklari va nihollarni g‘ayriqonuniy ravishda kesish, shikastlantirish yoki yo‘q qilish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Unga nisbatan BHMning 10 baravari — 3 mln 750 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Shuningdek, qolgan aybdorlarni aniqlash maqsadida hujjatlar Dehqonobod tuman IIBGA yuborildi. Huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy tartibda tegishli choralar ko‘rilishi qo‘shimcha qilindi.
Мавзуга оид хабарлар:
Uch viloyatda ishga kiritib qoʻyish bilan bogʻliq firibgarliklar fosh etildi Uch hududda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi Ikki hududda qariyb 700 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanildi Qashqadaryoda 588,3 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi Qashqadaryoda operatsiya uchun bemoridan pul olgan shifokor jarimaga tortildi