Qashqadaryoda subsidiya asosida uy-joy olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida subsidiya asosida uy-joy olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bildirilishicha, Departamentning Gʻuzor tumani boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Tadbir davomida fuqaro A.I. (muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan) fuqarolar M.H. va uning singlisi M.H.ga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida subsidiya asosida uy-joy olib berishini aytib, ularning ishonchiga kirgani aniqlangan.
Bu ishi evaziga u jami 1,6 ming AQSh dollari va 3,8 mln soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan. Hozirda ushbu pullarning 6 mln soʻmi qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Qashqadaryoda isitish tizimini taʼmirlashda 934,4 mln so‘m o‘zlashtirib ketildi Qashqadaryoda 200 ta suyultirilgan gaz balloni talon-toroj qilindi Qashqadaryoda ota uning 3 farzandi is gazidan zaharlanib vafot etdi Farg‘onada hokimlik balansidagi uyni rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi Qashqadaryoda 5 mashina ishtirokida YTH yuz berdi