Qashqadaryoda soliqchilar 2-sinf o‘quvchilariga to‘lovlar boyicha eslatma xati tarqatdi
Nishon tumanida soliq xodimlari maktab o‘quvchilari orqali soliq to‘lovchilarga eslatma xati yo‘lladi.
Nishon tumanida soliq xodimlari “Birinchi qo‘ng‘iroq” kunida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mol-mulk va yer soliqlari haqida eslatma-xat tarqatib, uni ota-onalariga yetkazishlarini so‘radi. Xodim bolalarga soliqni qachon va qanday to‘lash kerakligini tushuntirib, Konstitutsiyadan iqtibos keltirgan. Soliq qo‘mitasi holatni qoralab, tekshiruv boshlanganini bildirdi.
Qashqadaryo viloyatida soliq organlari tomonidan maktab o‘quvchilariga yer va mol-mulk soliqlarini to‘lash to‘g‘risida eslatmalar berilgani yuzasidan videolar tarqatildi. Ta’kidlab o‘tamiz, davlat soliq xizmati organlari bunday xatti-harakatlarni noo‘rin deb hisoblaydi va keskin qoralaydi. Soliq qo‘mitasi rahbariyati tomonidan ushbu xodimlarning harakatlari yuzasidan soliq tekshiruvlari tayinlandi va barcha hududiy soliq organlariga ogohlantirishlar berildi, deydi qo‘mita matbuot kotibi Dildora Hoshimova o‘z videobayonotida.
Shuningdek, Bolalar ombudsmani mas’ullarni javobgarlikka tortishni talab qilmoqda.
Maktab o‘quv jarayoni ishtirokchisi bo‘lmagan begona shaxslarni ta’limga oid tartib-qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan holda dars jarayoniga kirib borishi va uni buzishi, bolalarga qandaydir noqonuniy talablar bilan murojaat qilishi – mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holat!
Bunday nojo‘ya harakatlarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga tegishli tarzda chora ko‘rilishi shart, deb bayonot berdi bola huquqlari bo‘yicha vakil.
Мавзуга оид хабарлар:
Qashqadaryo hamda Jizzaxda ekologiya va qurilish mutaxassislari pora bilan ushlandi Qashqadaryoda elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi Qashqadaryodagi 2 ta paxta to‘qimachilik klasteri asossiz daromad olgani aniqlandi Xorijda qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik 14 bola vatanga qaytarildi Rossiyada qarovsiz qolgan 9 nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi