21 Yanvar 2025, 15:10 Oʻzbekiston

Qashqadaryoda qoʻlbola yogʻ ishlab chiqarish holatlariga chek qoʻyildi

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Qashqadaryoda qoʻlbola yogʻ ishlab chiqarish holatlariga chek qoʻyildi

Qashqadaryoda isteʼmolga yaroqsiz yogʻ ishlab chiqarish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Kasbi, Qarshi va Chiroqchi tumani boʻlimlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar oʻtkazilgan

Unda ushbu hududlarda yashovchi fuqaro S.R., J.O. va U.Q.lar oʻz uylarining yordamchi xonalarida tashkil etgan yashirin sexda yogʻ ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelayotganligi aniqlanib, tadbir jarayonida 332 litr isteʼmolga yaroqsiz yogʻ, 1 560 kg. chigit, 4 dona juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish ) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar