Qashqadaryoda qoʻlbola yogʻ ishlab chiqarish holatlariga chek qoʻyildi
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Qashqadaryoda isteʼmolga yaroqsiz yogʻ ishlab chiqarish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Kasbi, Qarshi va Chiroqchi tumani boʻlimlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar oʻtkazilgan
Unda ushbu hududlarda yashovchi fuqaro S.R., J.O. va U.Q.lar oʻz uylarining yordamchi xonalarida tashkil etgan yashirin sexda yogʻ ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelayotganligi aniqlanib, tadbir jarayonida 332 litr isteʼmolga yaroqsiz yogʻ, 1 560 kg. chigit, 4 dona juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish ) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Qashqadaryodagi “zapravka”da Spark yonib ketdi Farg‘onada giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi Toshkentda 1,7 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalanildi Ikki hududda yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi Surxondaryoda noqonuniy alkogol mahsulotlari savdosi fosh qilindi
Soʻnggi yangiliklar







