1 Oktabr 2024, 15:17 Oʻzbekiston

Qashqadaryoda qarzdor haydovchilardan 600 mln so‘m undirildi

Ma’lum bo‘lishicha, undirilgan mablag‘lar 1449 ta jarimaning puli bo‘lgan.

Qashqadaryoda qarzdor haydovchilardan 600 mln so‘m undirildi

MIBning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hududdagi qarzdor haydovchilardan 600 million so‘m undirdi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, undirilgan mablag‘lar 1449 ta jarimaning puli bo‘lgan.

Viloyatda 373 nafar fuqaro majburiy ijro harakatlari natijasida 1449 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun qo‘llanilgan 600 million so‘mlik ma’muriy jarimalarni to‘lab berdi. Boshqarma xodimlari tomonidan yo‘l harakati qoidalariga amal qilmagani natijasida qo‘llanilgan ma’muriy jarimalarni to‘lamasdan kelayotgan qarzdorlarga nisbatan ijro harakatlari olib borilmoqda, deydi Gulnoza Dilmurodova.

Ijro harakatlari davomida IIB YHXB bilan hamkorlikda olib borilgan tadbirning 20 kunida 373 ta avtotransport vositasi ushlanib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Mazkur avtotransport vositalari egalari o‘zlariga nisbatan qo‘llanilgan jarimalarni shu kunga qadar to‘lamay kelgan. Jumladan, yakkabog‘lik B.S. Spark avtomobilida 32 marotaba, qamashilik M.D. Cobalt mashinasida 26 marotaba, kitoblik S.Z. ham avtoulovida 20 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan, deydi mas’ul.

Qarzdorlarning avtotransport vositalari xatlanganidan so‘ng, mavjud qarzdorliklar to‘liq bartaraf etilgach, mashinalar egalariga qaytarilgan. Ma’muriy jarimalarni undirish yuzasidan ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

Mashhur yangiliklar