15 Oktabr 2024, 18:10 Oʻzbekiston

Qashqadaryoda “prava” olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Ikki hududda haydovchilik guvohnomasini olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar qoʻlga tushdi.

Qashqadaryoda “prava” olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament bir qator hududlarda haydovchilik guvohnomasini olib berishni vaʼda qilgan firibgarlarni qoʻlga tushirdi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Departamentning Bekobod tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “A.Q.” MChJ avtomaktabi xodimi J.J. 4 nafar fuqaroga goʻyoki Sirdaryo viloyati IIB YHXBda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomalarini olib berishini aytib, evaziga fuqaro U.J.dan jami 1,8 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Departamentning Shahrisabz shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa fuqaro M.A. fuqaro N.O.ga goʻyoki Qashqadaryo viloyati IIB YHXBda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga jami 300 AQSh dollari va 2,3 million soʻm pullarni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 1,6 million soʻmning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib,tergov harakatlari oʻtkazilmoqda, deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar