Qashqadaryoda noruda qumni qazib olganlarga nisbatan jinohat ishi qo‘zg‘atildi
Qashqadaryodan noruda foydali qazilma hisoblangan qumni qazib olganlar 185 mln so‘m zarar yetkazdi.
Qashqadaryoda noruda foydali qazilma hisoblangan qumni qazib olganlar qariyb 185 million so‘m zarar yetkazdi, deb xabar bermoqda Prokuratura axborot xizmati.
Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning G‘uzor tumani bo‘limi tomonidan Qashqadaryo viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirida aniqlangan.
Fuqaro I.X. va boshqalar “Zarbdor” MFY hududidan o‘tuvchi “Qashqadaryo” daryosi o‘zanidan “Kraneks” rusumli ekskavator yordamida noruda foydali qazilma hisoblangan 304,6 metr kub hajmdagi tabiiy qumni qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 184,7 mln so‘m zarar yetkazgan.
Shuningdek, tadbir davomida 5 ta yuk mashinasi qum olish uchun navbatda turgani aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda noyob daraxtlar kesilgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi Qashqadaryoda xotinini yoqib yuborgan erkak 10 yilga qamaldi Qashqadaryoda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani sex fosh qilindi Toshkentda 6 000 litr etil spirti isteʼmolga kiritilishining oldi olindi Qashqadaryo hamda Jizzaxda ekologiya va qurilish mutaxassislari pora bilan ushlandi