Qashqadaryoda noqonuniy tamaki va alkogol mahsulotlari savdodan olindi
Qashqadaryoda noqonuniy tamaki va alkogol savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi.
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri va G‘uzor tumanlarida noqonuniy tamaki va alkogol mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Qarshi shahridagi “Xontepa” MFYda noqonuniy ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan I.N. “L.E.” MCHJga qarashli savdo do‘konida turli nomdagi jami 2 052 quti, umumiy bahosi 70 mln so‘mlik tamaki mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, G‘uzor tumanidagi “Xo‘jaguzar” MFYda fuqaro O.S. noqonuniy alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlanib, 42 turdagi 1030 dona isteʼmolga yaroqsiz alkogol va 16 turdagi 1804 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Qashqadaryoda ayoli va 2 oylik chaqalogʻini oʻldirgan erkak oʻz joniga qasd qildi Qashqadaryoda avariya sabab ayrim hududlar vaqtincha gazsiz qoldi Uch hududda 671 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi Qashqadaryoda Isuzu 95 bosh qo‘yni bosib ketdi Namanganda 246 mln soʻmlik tamaki mahsulotlari savdosiga chek qoʻyildi