Qashqadaryoda mehmonxona qariyb 600 mln so‘mlik gaz o‘g‘irlagani aniqlandi
Qarshi shahridagi uy mehmonxonasi qariyb 600 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi mehmonxonada gaz tarmog‘iga yashirin yo‘l bilan ulanib 591,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Qarshi shahrida faoliyat yuritayotgan «A.H.» uy mehmonxonasi mas’ul shaxslari o‘rnatilgan gaz hisoblagichdan foydalanmasdan yashirin yo‘l bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri gaz tarmog‘iga ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarliklar oqibatida davlat manfaatlariga 591,4 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi Qashqadaryoda avariya sabab ayrim hududlar vaqtincha gazsiz qoldi Uch hududda 671 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi Qashqadaryoda Isuzu 95 bosh qo‘yni bosib ketdi Farg‘onadagi metan zapravkada 10 mrld so‘mdan ortiq gaz o‘g‘irlandi