24 Dekabr 2024, 11:58 Oʻzbekiston

Qashqadaryoda koʻmir taʼminoti uchun ajratilgan 515 mln soʻm talon-toroj qilindi

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Qashqadaryoda koʻmir taʼminoti uchun ajratilgan 515 mln soʻm talon-toroj qilindi

Qashqadaryo viloyatida koʻmir taʼminoti uchun ajratilgan mablagʻlarni talon-toroj qilgan MChJ rahbari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Muborak tumanida “B.F.” MChJ rahbari A.E. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, DXSh bitimiga asosan kuz-qish mavsumida aholini koʻmir bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida ajratilgan mablagʻlarning 514,8 mln soʻmini boshqa maqsadlarga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar