Qashqadaryoda isteʼmolga yaroqsiz yogʻ ishlab chiqarish holatlari fosh etildi
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Qashqadaryo viloyatida isteʼmolga yaroqsiz yogʻ ishlab chiqarish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Shahrisabz shahri va Shahrisabz tumani boʻlimlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar oʻtkazilgan.
Unda fuqarolar T.T. va N.U. ushbu hududlarda joylashgan noturar binolarda tashkil etgan yashirin sexlarda yogʻ ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelayotganliklari aniqlanib, tadbir jarayonida jami 985 litr isteʼmolga yaroqsiz yogʻ, 3,4 tonna chigit, 4 dona juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘onada “Xalq banki” mansabdorlari yordam va nafaqa pullarini o‘zlashtirgani aniqlandi Ikki hududda valyuta savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi Qashqadaryo va Buxoroda “valyutchik”lar qoʻlga olindi Qashqadaryoda fermer xo‘jaligi 1,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalandi Namanganda 616 mln so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi
Soʻnggi yangiliklar







