Qashqadaryoda isitish tizimini taʼmirlashda 934,4 mln so‘m o‘zlashtirib ketildi
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida isitish tizimini taʼmirlashda 934,4 mln so‘mni o‘zlashtirgan MChJ rahbari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, “S-TH.” MChJ masʼul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, tumandagi ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimida bajarilgan qurilish-taʼmirlash ishlarida rasmiy hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozgan.
Bu orqali esa jami 934,4 mln so‘m va ushbu obyektlarni isitish uchun olib kelingan 79 tonna ko‘mirni talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Qashqadaryoda 200 ta suyultirilgan gaz balloni talon-toroj qilindi Mirzachoʻl tumani tibbiyot birlashmasida 935 mln soʻm byudjet mablagʻlari talon-toroj qilindi Qashqadaryoda ota uning 3 farzandi is gazidan zaharlanib vafot etdi Nukusda 2,5 ming tonna koʻmir talon-toroj qilindi Qashqadaryoda subsidiya asosida uy-joy olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi