Qashqadaryoda erkak kuyovini urib o‘ldirdi
Qashqadaryo viloyatida erkak singlisining mast erini urib o‘ldirdi.
![Qashqadaryoda erkak kuyovini urib o‘ldirdi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2024/12/photo_2024-12-12_11-37-12.jpg)
Oliy sud matbuot xizmatining xabar berishicha, 2024 yilning 26 may kuni Qashqadaryo viloyatida erkak singlisining mast erini urib o‘ldirgan.
Ayol akasiga ko‘p yillar davomida turmush o‘rtog‘i mast holda kelib, janjal chiqarayotganidan shikoyat qilgan. Erkakning jahli chiqib, singlisi ikki bolasi bilan uyda bo‘lmaganida uning uyiga borgan. Avval erkak eshikni taqillatgan, lekin hech kim eshikni ochmagan.
Shundan so‘ng u devordan oshib, uyga kirishga qaror qilgan. Xonalarning birida erkak singlisining mast erini topib, janjallashgan va uni kaltaklay boshlagan. U kuyovini tashqariga olib chiqqan va ovozini hech kim eshitmasligi uchun og‘ziga bolalar kiyimini tiqib, kaltaklashda davom etgan. Oqibatda erkak bosh qismiga olgan davomiy tepki oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Ma’lum qilinishicha, bu vaqtda marhumning turmush o‘rtog‘i va uch nafar farzandi bilan boshqa tumandagi opasinikida bo‘lgan. Ayol akasidan eri qayerdaligini so‘raganida erkak “bilmayman” deb javob bergan.
Voqea sodir bo‘lganidan bir hafta o‘tib, mahalla raisi yoqimsiz hid sezib qolgan va jasadni tasodifan topib olgan.
Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi “j” bandi (o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish) bilan aybdor deb topilib, 15 yil 6 oy muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda 186,8 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalanildi Samarqand—Buxoro yo‘nalishida ham pulli avtomobil yo‘li quriladi Samarqandda 8-sinf qiz o‘zini 8-qavatdan tashlab, halok bo‘ldi Oqdaryo suv omborida yoriqlar paydo bo‘lgani haqida axborot tarqatildi Samarqandda yerusti metro yo‘li quriladi
Soʻnggi yangiliklar
![Istanbulda qoʻlbola aroqdan o‘lgan o‘zbekistonliklar soni 17 nafarga yetdi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2025/01/UJeyXx3gh-Qyeug27p-SNSyEVu9l6_e-300x167.jpg)
![Hafta boshida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2025/01/4299e9fbce087311dcf795fc21bc300b1215-300x199.jpg)
![O‘zbekistonda eksportda xususiy sektor ulushi 60 foizgacha oshiriladi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2025/01/f_O9CgMHbLiYhiLMoYK2Lx7gqR3ydveZ-300x225.jpg)
![Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2025/01/Z4nI_Edz3wxQfAzqybXJRfj4zwMVkMQz-300x199.jpg)
![Statistika agentligi direktori lavozimidan ozod etildi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2025/01/5-3cu331jy-300x192.jpg)
![Jizzaxdagi kafeda janjal chiqargan xo‘randalarga jinoyat ishi ochildi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2025/01/f_hInjvsQngbaefRD1tJQOjNcCLtAxTb-300x225.jpg)
![Toshkentda yangi tug‘ilgan chaqaloq ko‘chaga tashlab ketildi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2025/01/FqaOG217371855797578_b-300x200.jpg)
![Xorazm va Toshkentda 500 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi](https://nova24.uz/uz/wp-content/uploads/2025/01/8tqgy3hJlU5q1D6QJtJeQHe88loR3zjx-300x200.jpg)