26 Iyul 2024, 10:30 Oʻzbekiston

Qashqadaryoda do‘kon egasi 12 yashar bolani kaltakladi

Koson tumanida do‘kon egasi hech kim yo‘q paytda do‘konga kirgan 12 yashar bolani kaltakladi. Bolalar ombudsmani ish sudga oshirilganini ma’lum qildi.

Qashqadaryoda do‘kon egasi 12 yashar bolani kaltakladi

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida 12 yashar bola hech kim yo‘q payt do‘konga kirgani uchun do‘kon egasidan kaltak yedi. Bu haqda bolalar ombudsmani xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Bolalar ombudsmani kotibiyatiga Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi S.N. (ayol)dan murojaat kelib tushdi. Murojaatida ayol joriy yilning 16-iyun kuni 2012-yilda tug‘ilgan o‘g‘li O.A.ni xarid uchun savdo do‘koniga yuborganini, do‘kon egasi (erkak, 1976-yilda tug‘ilgan) O.G‘. “Nega hech kim yo‘q joyga kirding”, deb bolani boshiga bir necha marotaba urib, unga tan jarohati yetkazganini bildirgan.

Holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida Koson tumanidagi savdo do‘koni sotuvchisi O.G‘.ga voyaga yetmaganni urgani uchun MJtKning 52-qismi 2-moddasi (yengil tan jarohati yetkazish) bilan ma’muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atilib, ish hujjatlari jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tumani sudiga yuborilgan.

Mashhur yangiliklar