Qashqadaryoda bank xodimi mijozning uyiga bostirib kirmoqchi bo‘ldi
Qarshi shahrida bank xodimi kredit majburiyatlarini bajarmagan mijozning uyiga bostirib kirishga urindi.

Qashqadaryoda ikki bank xodimi kechasi mijozning uyiga bostirib kirmoqchi bo‘lgani haqida videolavha tarqaldi. Xabar qilinishicha, mijoz salkam 19 milliard so‘m qarzini to‘lamay yurgan.
Videoda aks etgan ikki erkak “Ipak yo‘li” ATBning Qarshi filiali xodimlari — bosh hisobchi A.T. va bank bosh mutaxassisi Sh.X. bo‘lib, 7-iyun kuni soat 21:40 larda oldindan tanishi bo‘lgan Qarshi shahrida yashovchi fuqaro D.S. bilan suhbatlashish uchun uning yashash uyiga borib, chaqirganda chiqmagani sababli uning darvozasini urib, tepgan.
Ma’lum bo‘lishicha, D.S. “Smart Said” MChJ rahbari bo‘lib, viloyatda Pepsi, “Chortoq” ichimligi, Crafers qandolat mahsuloti hamda Lays chips mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanadi hamda ushbu faoliyat olib borish uchun rasmiy diler hisoblanadi.
O‘z navbatida, “Ipak yo‘li” ATB Qarshi filiali tomonidan “Smart Said” MChJga 2020-2021-yillardagi kelishuv shartnomalariga asosan jami 1 million 435 ming AQSH dollari miqdorida kredit ajratilgan.
Biroq, shu vaqtga qadar ushbu MChJ kredit shartnomasidagi majburiyatlarini bajarmagan va bank fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga asosiy kredit qarzdorligi, muddati o‘tgan asosiy qarzi, muddati o‘tgan foiz qarzi jami 18,9 milliard so‘mni undirish haqida 2024-yil 1-aprel kuni da’vo arizasini kiritgan bo‘lib, sud 7-may kuni da’vo talablarini qanoatlantirish haqida hal qiluv qarori qabul qilgan.
Shuningdek, kredit mablag‘larini maqsadsiz ishlatilishi bo‘yicha jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan xususiy ajrim chiqarilib, ko‘rib chiqish uchun Qarshi shahar prokuraturasiga yuborilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Ikki viloyatda isteʼmolga yaroqsiz yogʻ ishlab chiqarilishiga chek qoʻyildi Qashqadaryodagi “zapravka”da Spark yonib ketdi Qashqadaryodagi ayanchli YTHda ikki yigit halok bo‘ldi Qashqadaryoda profilaktika inspektori pichoqlandi Qashqadaryoda isteʼmolga yaroqsiz yogʻ ishlab chiqarish holatlari fosh etildi
Soʻnggi yangiliklar







