4 Yanvar 2025, 15:05 Oʻzbekiston

Qashqadaryoda 588,3 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Qashqadaryoda 588,3 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilgan.

Unda, SH.K. MChJ va O MChJ mas’ul shaxslari tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 588,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning G‘uzor tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, “T.T.” xususiy korxonasi mas’ul shaxslari tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 106,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar