Qashqadaryoda 3 kishini o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3,8 ming dollar olganlar ushlandi
Qashqadaryo viloyatida 3 kishini texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3,8 ming dollar olgan shaxslar qo‘lga olindi.
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahridagi “Abu Ali ibn Sino” nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, fuqaro Sh.Yu. va boshqalar I.X., K.H. va M.Yo.ning ishonchiga kirib, ularni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Shahrisabzdagi “Abu Ali ibn Sino” nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan.
Buning evaziga jami 3 800 dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Holat aniqlangach ushbu pullarning to‘liq qaytarilishi taʼminlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Qashqadaryoda avariya sabab ayrim hududlar vaqtincha gazsiz qoldi Uch hududda 671 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi Qashqadaryoda Isuzu 95 bosh qo‘yni bosib ketdi Fuqarolarga qarzdorligini “nol” qilib berishini aytgan gazchi va hisobchi ushlandi Surxondaryoda 19 kishini chuv tushirgan firibgar qamaldi