Qashqadaryoda 232 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan shaxs qamaldi
Qarshi shahrida 232 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro 5 yilga qamaldi.

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan fuqaroga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Sevimli telekanalining Zamon dasturida xabar berildi.
Qayd etilishicha, shaharning Naqshab mahallasida yashovchi fuqaro A.N. davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan novvot ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan. U 155 ming 232 metr kub gazdan o‘g‘rincha foydalangan va buning oqibatida davlatga 232 mln 848 ming so‘m zarar yetkazgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahri sudida o‘tkazilgan majlisda sudlanuvchi va uning advokati keltirilgan dalillarning asossizligi va to‘plangan hujjatlarda raqamlar ko‘paytirib hisoblanganini bildirgan.
Fuqaro, shuningdek, mazkur xonadonga yaqinda ko‘chib o‘tgani, novvot ishlab chiqarish bilan doimiy shug‘ullanmagani va noqonuniy ulanmadan xabari bo‘lmaganini ta’kidlagan. Biroq da’vogarlar keltirgan dalillar uning aybini to‘laqonli isbotladi, deyiladi xabarda.
Sud hukmiga ko‘ra, A.N. Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (Juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik) bilan aybli deb topildi. Unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Ikki viloyatda isteʼmolga yaroqsiz yogʻ ishlab chiqarilishiga chek qoʻyildi Toshkent viloyatida issiqxona 310 mln so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi O‘zbekistonda bir yilda qancha odam qamalgani ochiqlandi Toshkent viloyatida ayol shirinliklarni ruxsatsiz yegan bolasining tana a’zolarini kuydirdi Qashqadaryodagi “zapravka”da Spark yonib ketdi
Soʻnggi yangiliklar







