Qashqadaryoda 2 kishi kanalizatsiya qudug‘iga tiqilib qoldi
FVB xodimlari ularni qutqarib, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga yuborgan.

Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahar “Tutzor” MFY hududidagi yo‘l yoqasida joylashgan kanalizatsiya qudug‘iga “Suv Oqova” MChJning 2 nafar xodimi tozalash maqsadida tushgan va qaytib chiqolmagan. Bu haqdagi xabar shahar FVBga 15-yanvar kuni soat 10:16 da kelib tushgan.
Ma’lum bo‘lishicha, chuqurligi 3 metr, diametri 1 metr bo‘lgan quduqning suv o‘tish yo‘liga tiqilib qolgan chiqindilarni tozalash maqsadida bir nafar ishchi tushgan va suv ko‘payib ketib, suv yutishi natijasida tobi qochgan hamda chiqa olmay qolgan.
Shundan so‘ng uning sherigi yordam berish maqsadida tushib, u ham qolib ketgan.
FVB qutqaruvchilari maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida fuqarolarni qutqarib, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga yuborilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Ikki viloyatda isteʼmolga yaroqsiz yogʻ ishlab chiqarilishiga chek qoʻyildi Qashqadaryodagi “zapravka”da Spark yonib ketdi Qashqadaryodagi ayanchli YTHda ikki yigit halok bo‘ldi Qashqadaryoda profilaktika inspektori pichoqlandi Qashqadaryoda isteʼmolga yaroqsiz yogʻ ishlab chiqarish holatlari fosh etildi
Soʻnggi yangiliklar







