10 Yanvar 2025, 18:06 Oʻzbekiston

Qarshida noqonuniy mayning ferma aniqlandi

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Qarshida noqonuniy mayning ferma aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tumani bo‘limi, DXX va IIB kiberxavfsizlik markazi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.B. Qarshi shahri “Oqtepa” MFY hududidagi xonadonida 3 ta to‘plamdagi mayning qurilmasini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 372 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar