5 Aprel 2025, 14:06 Oʻzbekiston

Qarshida elektr korxonasi xodimi milliard soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlashga yordam berdi

Ish boʻyicha aybdorlar 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Qarshida elektr korxonasi xodimi milliard soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlashga yordam berdi

Qarshi shahrida shahar elektr tarmoqlari korxonasi xodimi 1 mlrd soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlashga yordam berdi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Masʼul xodim fermer xoʻjaligi rahbari bilan til biriktirib, xoʻjalik omborxonasiga oʻrnatilgan 2 dona qoʻlbola usulda tayyorlangan yogʻ ishlab chiqarish uskunasini elektr tarmoqlariga noqonuniy ulab bergan.

Noqonuniy harakatlar natijasida 1 mlrd 50 mln soʻmlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (Oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov olib borilmoqda. Aybdorlar 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Mashhur yangiliklar