17 Dekabr 2024, 11:58 Oʻzbekiston

Qariyb 2 mlrd so‘mlik “svet”ni o‘g‘irlagan mayning ferma aniqlandi

Samarqandning Ishtixon tumanida qariyb 2 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan mayning ferma fosh etildi.

Qariyb 2 mlrd so‘mlik “svet”ni o‘g‘irlagan mayning ferma aniqlandi

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida deyarli 2 mlrd so‘mlik tokni o‘g‘irlagan mayning ferma fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Samarqand viloyati Ishtixon tumani “Qaraquyli” mahallasida joylashgan “M.G.M” oilaviy korxona rahbari X.Y. jamiyat binosining yer to‘lasida mayning qurilmalarini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 1,8 mlrd so‘mlik 2 mln kVt.soat elektr energiyasini o‘g‘irlagan.

Mazkur holatlar yuzasidan X.Y. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Mashhur yangiliklar