10 Dekabr 2024, 18:47 •Oʻzbekiston
Qariyb 1 mlrd so‘mlik qalbaki pullarni sotayotgan shaxslar ushlandi
Jizzaxda 200, 100 va 20 ming so‘mlik kupyuralar ko‘rinishidagi qariyb 1 mlrd so‘mlik qalbaki pullar fosh etildi.
Jizzax viloyatida qalbaki pullarni mo‘maygina summaga pullayotgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Bildirilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona viloyatida yashovchi 3 nafar fuqaro o‘zaro til biriktirib, qalbaki 998 mln 740 ming so‘m pulni Jizzax viloyatida 27 200 AQSh dollariga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur shaxslardan olingan 200, 100 va 20 ming so‘mlik kupyuralar ko‘rinishidagi qalbaki banknotlar purkagichli printer yordamida chop etilganligi ma’lum bo‘lgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda kanal bo‘yidagi 13 tup tut daraxti kesib ketildi Farg‘onada qimorxona tashkil qilgan shaxslar IIB xodimlariga pichoq bilan tashlandi Farg‘onada mast haydovchi ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi Jizzaxdagi ko‘lda noqonuniy baliq ovlaganlar tabiatga 487 mln so‘m zarar yetkazdi Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Soʻnggi yangiliklar
Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi
23 Yanvar 2025, 18:57Samarqandda 359,6 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
23 Yanvar 2025, 18:21Endi migrantlar ham ipoteka krediti olishi mumkin bo‘ladi
23 Yanvar 2025, 17:40Jizzaxda kanal bo‘yidagi 13 tup tut daraxti kesib ketildi
23 Yanvar 2025, 17:02“O‘zkimyosanoat” rahbariga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
23 Yanvar 2025, 16:32Xorazm va Buxoroda “valyutchik”lar ushlandi
23 Yanvar 2025, 15:43Toshkent viloyatida litsenziyasiz “Umra” tadbirini tashkil etgan MChJlar jarimaga tortildi
23 Yanvar 2025, 15:05Turkiyada terakt sodir qilgan o‘zbekistonlikka tayinlangan jazo oʻz kuchida qoldi
23 Yanvar 2025, 14:27