7 Yanvar 2025, 15:32 Oʻzbekiston, Jahon

Qanot Sharq aviakompaniyasi Rossiyaga parvozlarni vaqtinchalik bekor qildi

Kompaniya yuzaga kelgan noqulayliklar uchun yoʻlovchilardan uzr soʻragan.

Qanot Sharq aviakompaniyasi Rossiyaga parvozlarni vaqtinchalik bekor qildi

Oʻzbekistonning Qanot Sharq aviakompaniyasi bir qator reyslar, jumladan, Rossiyaga parvozlar vaqtinchalik bekor etilganini maʻlum qildi.

“Hurmatli yoʻlovchilar, 20-yanvardan 6-martgacha boʻlgan davrda A320 samolyotlarida amalga oshiriladigan reyslar ekspluatatsiya zarurati tufayli bekor qilinganini maʻlum etamiz”, deyiladi kompaniya xabarida.

Bekor qilingan reyslar qatorida Toshkent, Samarqand, Fargʻona, Buxoro va Moskva (Domodedovo aeroporti) oʻrtasidagi yoʻnalishlar, shuningdek, Sankt-Peterburg va Nijniy Novgorodga reyslar bor.

Parvozlarning toʻliq roʻyxati aviakompaniya xabarida keltirilgan.

Kompaniya yuzaga kelgan noqulayliklar uchun yoʻlovchilardan uzr soʻradi va chiptalarni qaytarish yoki almashtirish haqida maʻlumot olish uchun call-markaz bilan bogʻlanishni tavsiya qildi.

Mashhur yangiliklar