5 Noyabr 2024, 16:07 •Oʻzbekiston
“Qamchiq” dovonida yana bir yuk avtomobili yonib ketdi
Qamchiq dovonida old g‘ildiragi chiqib ketishi oqibatida yuk mashinasi yonib ketdi.

“Qamchiq” dovonida old gʻildiragi chiqib ketgan yuk avtomobilida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda YHXX axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 5-noyabr kuni soat 13:30 larda “Qamchiq” dovoni hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining 258-kilometrida sodir boʻlgan. “Toshkent-Vodiy” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan yuk avtomobilining old gʻildiragi chiqib ketgan va mashinada yongʻin chiqqan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq. Voqea joyida “Qamchiq” dovoni boʻyicha YPX otryadi va FVV xodimlari holatni toʻliq nazoratga olgan.
Ushbu yoʻnalishda harakat vaqtinchalik toʻxtatilgan. Yongʻin oʻchirilgach harakat zudlik bilan ochiladi, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda yangi qurilayotgan binoda yongʻin sodir boʻldi Qashqadaryodagi “zapravka”da Spark yonib ketdi Toshkent viloyatidagi uylardan birida yirik yongʻin yuz berdi Toshkentda yuk mashinasi gaz quvuriga borib urildi Toshkentda “Gazel” yonib ketdi
Soʻnggi yangiliklar

Toshkent viloyatida ayol shirinliklarni ruxsatsiz yegan bolasining tana a’zolarini kuydirdi
11 Fevral 2025, 18:58
Samarqandda 10-sinf qiz o‘zidan uch yosh kichik qizni “samosud” qildi
11 Fevral 2025, 18:21
O‘zbekiston Korrupsiyani qabul qilish indeksida nechanchi o‘rinda ekani aytildi
11 Fevral 2025, 17:39
Toshkentda yangi qurilayotgan binoda yongʻin sodir boʻldi
11 Fevral 2025, 17:05
Samarqandda yo‘lovchi avtobusi YTHga uchradi
11 Fevral 2025, 16:40
Namanganda chiqindi xizmatlari uchun aholidan 18 mlrd so‘m asossiz pul olingani aniqlandi
11 Fevral 2025, 15:46
Toshkentda begona ayol maktab o‘quvchisini olib ketishga urindi
11 Fevral 2025, 15:00
O‘zbekistonda shifokor qabuliga navbat to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
11 Fevral 2025, 14:17