22 Yanvar 2025, 08:57 Oʻzbekiston

Qalin tuman sabab Namangan aeroporti faoliyati cheklandi

Namanganga qo‘nishi kerak bo‘lgan reyslar boshqa muqobil aeroportlarga yo‘naltirildi.

Qalin tuman sabab Namangan aeroporti faoliyati cheklandi

Noqulay ob-havo sharoiti (tuman) tufayli Namangan xalqaro aeroportida havo kemalarining uchib kelishi va uchib ketishiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Sochi—Namangan yo‘nalishi bo‘yicha HY-9826 reysi soat 19:24 da Farg‘onadagi muqobil aerodromga qo‘ngan.

Flynas aviakompaniyasining Jidda—Namangan yo‘nalishidagi HY-651 reysi ham Toshkentdagi muqobil aeroportga yo‘naltirilgan. Samolyot poytaxt aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 20:10 da qo‘nishni amalga oshirgan.

Qanot Sharq aviakompaniyasining Istanbul—Namangan yo‘nalishidagi HH-578 reysi ham mahalliy vaqt bilan soat 21:28 da Toshkent aeroportiga kelib qo‘ngan.

Mashhur yangiliklar