Putin Mirziyoyevga qo‘ng‘iroq qilib, Trampning elchisi bilan muzokaralar haqida gapirdi
Yetakchilar mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ham muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev 8-avgust kuni Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot o‘tkazib, ikki tomonlama va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Rossiya prezidenti 6 avgust kuni Moskva shahrida AQSH prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan o‘tkazilgan muzokaralarning asosiy natijalarini ma’lum qildi. Shuningdek, oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Ikki mamlakat yetakchilari o‘zaro tovar ayirboshlash va investitsiyalar ko‘rsatkichlarining o‘sish sur’atini ta’minlash, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish, hududlar darajasida sermahsul muloqotlar, ishbilarmonlik va gumanitar almashinuvlarni davom ettirishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilishga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari bo‘lajak uchrashuv va tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdi.
Izohlar