O‘zbekiston

Putin Mirziyoyev va O‘zbekistonni Gʻalabaning 80 yilligi bilan tabrikladi

Rossiya prezidenti yana 12 davlatga tabrik yo‘lladi.

Putin Mirziyoyev va O‘zbekistonni Gʻalabaning 80 yilligi bilan tabrikladi

Vladimir Putin 8-may kuni Shavkat Mirziyoyev va Oʻzbekiston xalqini Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 80 yilligi bilan tabrikladi, deb xabar qildi Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot xizmati.

Rossiya prezidenti Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Abxaziya, Janubiy Osetiya, Isroil rahbarlariga, shuningdek, Gruziya va Moldova xalqlariga ham tabrik yo‘lladi.

Rossiya Prezidenti xorijiy davlatlar rahbarlari va fuqarolariga yo‘llagan tabrigida faxriylar va front orti mehnatkashlariga samimiy tabrik va samimiy minnatdorlik so‘zlarini yetkazdi, ularga mustahkam sog‘lik, farovonlik va uzoq umr tiladi.

G‘oliblar avlodining ahdlarini avaylab asrash bizning muqaddas burchimizdir. Shunday ekan, umumiy tariximizni buzib ko‘rsatish, fashistlar va ularning sheriklari tomonidan sodir etilgan vahshiyliklarni oqlash yoki unutishga bo‘lgan har qanday urinishlarni murosasiz bostirish juda muhim, dedi Rossiya davlati rahbari.

Avvalroq Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni Moskvaga taklif qilgani xabar qilingandi. Davlat rahbari Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi. Moskvadagi G‘alaba paradiga O‘zbekiston ham harbiy xizmatchilarni yuboradi. Parad boʻlinmalarining ishtiroki haqida Rossiya prezidentining yordamchisi maʼlum qildi.

Izohlar

Mavzuga oid