18 Noyabr 2024, 08:17 Oʻzbekiston

Probatsiya bo‘linmalari xodimlarining vakolati kengaytiriladi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan probatsiya bo‘linmalari xodimlari vakolati kengaytiriladi.

Probatsiya bo‘linmalari xodimlarining vakolati kengaytiriladi

O‘zbekistonda probatsiya xizmati inspektorlariga huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzish vakolati berildi.

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning ayrim moddalariga, jumladan, ma’muriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan ta’sir choralarini kuchaytirishni, shuningdek, ichki ishlar organlari probatsiya bo‘linmalari xodimlarining vakolatlarini kengaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilmoqda.

Ushbu qonun deputatlar tomonidan 10-sentyabr kuni qabul qilinib, Senatning 24-oktyabrdagi yalpi majlisida ma’qullangandi.

Mashhur yangiliklar