O‘zbekiston

Prezident tadbirkorlarning soliq jarimalarini amnistiya qildi

Tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha kamchiliklarni 1-noyabrgacha tuzatishi mumkin.

Aylanma solig‘idan qo‘shilgan qiymat solig‘iga o‘tayotgan korxonalar bir yil davomida foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 12 foizgacha pasaytirilgani tufayli ushbu soliq tizimida ishlayotgan tadbirkorlar soni kun sayin ortib bormoqda. Biroq ko‘pchilik QQSga o‘tishda hisob-kitoblar murakkablashishiga, buxgalter kerak bo‘lishiga, xarajatlar oshishiga hali ham shubha qilmoqda.

Shu sababli aylanmadan olinadigan soliqdan QQSga o‘tayotgan korxonalar hisobotda xatolar bo‘lgan taqdirda ham yil davomida foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi, jarimalar qo‘llanilmaydi, buxgalterlar ish haqining 5 mln so‘mgacha bo‘lgan qismi olti oy davomida korxona tomonidan to‘lanadigan soliqdan chegirib qolinadi.

“Bugungi kunda soliq tekshiruvlari bo‘yicha 20 mingdan ziyod tadbirkorlarda 16 trillion so‘mlik xato va kamchiliklar aniqlangan. Bu minglab biznes vakillarining tadbirkorlik reytingidagi o‘rniga salbiy ta’sir qiladi. “Shu bois bugun o‘ziga xos “amnistiya” e’lon qilamiz, ushbu tekshirishlar bo‘yicha jazo qo‘llanmaydi. Buning o‘rniga 1 noyabrgacha tadbirkorlarimizga barcha xato va kamchiliklarni ixtiyoriy to‘g‘irlash imkoni beriladi”, — dedi prezident.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilganlar va YTTlar uchun aylanmadan olinadigan soliq kamaytiriladi. Kichik biznes uchun maxsus huquqiy rejim joriy etiladi.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная