Prezident oliy ta’lim vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinladi
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi rahbari ham o‘zgardi.

O‘zbekistonda oliy ta’lim vazirining yangi o‘rinbosarlari hamda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi boshlig‘i tayinlandi. Bu haqda prezident farmonida ma’lum qilingan.
Hujjatga ko‘ra, Sardor Rajabov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. Bunga qadar u Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Baxtiyor Yo‘ldoshev Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi boshlig‘i bo‘ldi.
Ilgari Yo‘ldoshev “Yangi O‘zbekiston” universiteti prorektori lavozimida ishlagan. Azizbek Turdiyev Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u vazir maslahatchisi lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining barcha o‘rinbosarlarini ishdan bo‘shatgandi. Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyatini mutasaddilar hali to‘liq tushunib yetmaganini ta’kidladi.
Izohlar