Prezident Jizzax viloyatining yangi hokimini tasdiqladi
Ulug‘bek Mustafoyev investitsiyalarni ko‘paytirishi, eksportni oshirishi va aholini ish bilan ta’minlashi kerak bo‘ladi.

Jizzax viloyatiga yangi hokim saylandi. Prezident tavsiya etgan nomzod lavozimga tayinlangani haqida davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat yetakchisi xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashi sessiyasida ishtirok etgan. Tadbir davomida hokimiyat viloyat hokimini tasdiqlash masalasini ko‘rib chiqdi. Prezident o‘tgan yilning dekabr oyidan buyon viloyat hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Ulug‘bek Mustafoyev nomzodini tavsiya etdi.
Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Ulug‘bek Mustafoyev viloyat hokimi etib tasdiqlandi. Davlat rahbari yangi hokim ishonchni oqlab, 2026-yilda viloyatga 4,5 milliard dollar xorijiy investitsiya kirib kelishini ta’minlashi, eksportni 500 million dollarga yetkazishi, 175 ming aholining bandligini ta’minlab, 15 ming oilani kambag‘allikdan chiqarishi zarurligini ta’kidladi.
Avvalroq prezident Jizzaxdagi AES qurilishi bilan tanishgani xabar qilingandi. Stansiya hududida xodimlar va ularning oilalari uchun turar joy majmuasi quriladi.
Izohlar