Prezident issiqxonalarning havoga salbiy ta’sirini bartaraf etish bo‘yicha topshiriq berdi
Shavkat Mirziyoyev issiqxonalar oziq-ovqat va iqtisodiy xavfsizlik masalasi ekanini aytdi.

30-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini oshirish uchun yangi zaxira va imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ekologik vaziyatdan kelib chiqib, prezident Toshkent viloyatida issiqxonalar faoliyatining havo sifatiga salbiy ta’siri bilan bog‘liq muammolarni tubdan hal qilish vazifasini qo‘ydi. Mutasaddi idoralarga bu borada qat’iy nazorat o‘rnatish topshirildi.
“Barcha eshitib olsin: issiqxonalar bu — oziq-ovqat xavfsizligi, iqtisodiy xavfsizlik masalasi hisoblanadi”, — dedi prezident.
Mavzuga doir: Ko‘mir utopiyasi: Toshkent havosini qanday tozalashadi? Toshkent hokimligi ekologiya bilan bog‘liq muammoni tan oldi, NOVA24 nima bo‘lganini, bu yerda issiqxonalar va kabobxonalar borligini, poytaxtni kim va qanday shamollatishini o‘rganmoqda.
Izohlar