“Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov Shavkat Mirziyoyev “Davlat tili haqida”gi qonunni maromiga yetkazish uchun parlamentga qaytarganini ma’lum qildi.

Prezident qonunni maromiga yetkazish bo‘yicha takliflari bilan birga Qonunchilik palatasiga qaytardi. Shavkat Mirziyoyev qonunni bugungi global xavf-xatarlar va qadriyatlar sharoitida zamon talablariga moslashtirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Bu jumlalar juda to‘g‘ri. Biz hatto buni olqishladik. Chunki “Milliy tiklanish” partiyasi birinchi va ikkinchi o‘qish bosqichida qonunda o‘z aksini topishi kerak bo‘lgan bir qator normalarni qonunga kirita olmadi, — dedi Alisher Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, quruvchilar turar-joy majmualariga o‘zbek tilida nom berishga majbur bo‘ladi. Obyekt haqidagi barcha ma’lumotni ham davlat tilida yozish majburiy bo‘ladi.