10 Sentabr 2024, 11:28 Oʻzbekiston

Poytaxtning uch tumani vaqtincha gaz ta’minotidan uziladi

Toshkentning uch tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Poytaxtning uch tumani vaqtincha gaz ta’minotidan uziladi

Toshkentning uch tumani: Shayxontohur, Yashnobod, Sergelida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ta’mirlash ishlari tufayli Shayxontohur, Yashnobod va Sergeli tumanlarining quyidagi hududlariga 10-sentyabr kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Shayxontohur tumani (soat 09:00 dan 19:00 gacha)

  • aholi iste’molchilari soni: “Ipakchi” MFYdagi 120 ta yerli xonadon
  • “Jarariq” MFYdagi 250 ta yerli xonadon
  • “Yangi Jarariq” MFYdagi 9 ta ko‘p qavatli uy
  • “Beltepa” MFYdagi 26 ta ko‘p qavatli uy
  • Ibn Sino 1-2-mavzesidagi 30 ta ko‘p qavatli uy
  • “Zafarobod” MFYdagi 45 ta yerli xonadon
  • ulgurji iste’molchilar soni: 30 ta.

Yashnobod tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha)

  • aholi iste’molchilari soni: “Go‘zal” MFYdagi 600 ta yerli xonadon va ko‘p qavatli uylardagi 400 ta xonadon
  • ulgurji iste’molchilar soni: 20 ta.

Sergeli tumani (soat 11:00 dan 17:00 gacha).

  • aholi iste’molchilari soni: Beruniy, Xonobod, Kichik Xonobod va Sohil 1-2-ko‘chalaridagi 1238 ta yerli xonadon, Quruvchilar ko‘chasidagi 112 ta yerli xonadon
  • ulgurji iste’molchilar soni: 12 ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘radi.

Mashhur yangiliklar