Poytaxtning ikki tumanida “svet” vaqtincha o‘chirildi
Taʼmirlash ishlari sabab Toshkent shahrining ikki tumanida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chirildi.
Toshkent shahrining ikki tumani Bektemir va Mirobodda bugun, 25-sentyabr kuni elektr taʼminoti vaqtincha o‘chirildi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” xabar berdi.
Keltirilishicha, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 25-sentyabr kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chirildi:
- Bektemir tumani: “Nurli yo‘l” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Mirobod tumani: “Sarakul” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytildi. “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr so‘radi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida “svet” vaqtincha o‘chiriladi Toshkentdagi ovqatlanish shoxobchasida yongʻin yuz berdi