Poytaxtning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
Ta’mirlash ishlari sabab Toshkent shahrining ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

7-fevral kuni Yunusobod va Chilonzor tumanlarida elektr energiyasi boʻyicha cheklovlar kiritiladi.
Toshkentning Yunusobod va Chilonzor tumanlarida elektr taʻminoti vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” xabar berdi.
Qayd qilinishicha, isteʻmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʻminlash, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʻmirlash ishlarini olib borish maqsadida, 7-fevral kuni quyidagi manzillarda elektr taʻminoti vaqtincha oʻchiriladi:
– Yunusobod tumani: “Obod”, “Otchopar-1” hamda “Otchopar-2” mahallasi ayrim hududlarida soat 00:00 dan 06:00 gacha;
– Chilonzor tumani: “Katta Chilonzor-2” mahallasi ayrim hududlarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda taʻmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi, elektr taʻminoti ertaroq tiklanishi mumkinligi ham bildirilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda tadbirkor 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi Uch hududda fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi Toshkentda uka o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun uyda saqladi Toshkentda yoʻlovchi avtobusi daraxtga borib urildi Toshkentni kezib yurgan noyob qoraquloq hayvonot bog‘iga topshirildi
Soʻnggi yangiliklar







