3 Oktabr 2024, 10:16 Oʻzbekiston

Poytaxtning ikki tumani vaqtincha gazsiz qoladi

Toshkent shahrining ikki tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Poytaxtning ikki tumani vaqtincha gazsiz qoladi

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek va Sergeli tumanlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ta’mirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek va Sergeli tumanlariga 3-oktyabr kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 10:00 dan 18:00 ga qadar)

  • Aholi iste’molchilari soni: Yangi Olmachi MFY Olmachi ko‘chasida – 289 ta yerli xonadon
  • Ko‘p qavatli uylar 4 ta – 300 ta xonadon
  • Ulgurji iste’molchilar – 4 ta

Sergeli tumani (soat 10:00 dan 18:00 ga qadar)

  • Sofdil MFY Sergeli 4 ko‘chasida – 104 ta yerli xonadon
  • Sergeli 6a mavzesida 23 ta ko‘p qavatli uylarda 2514 ta xonadon
  • Ulgurji iste’molchilar – 8 ta

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘radi.

Mashhur yangiliklar