14 Oktabr 2024, 10:15 Oʻzbekiston

Poytaxtda yangi qurilayotgan binoning tomida yong‘in chiqdi

Yunusobod tumanida yangi qurilayotgan binoning tomi yonib ketdi.

Poytaxtda yangi qurilayotgan binoning tomida yong‘in chiqdi

Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 3-daha “Akbarobod” MFY hududidagi yangi qurilayotgan binoda 13-oktyabr kuni soat 15:28 da yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:36 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 16:03 da yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida yangi qurilayotgan binoning tom qismi yonib zararlangani aniqlandi.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Mashhur yangiliklar