6 Dekabr 2024, 10:49 Oʻzbekiston

Poytaxt SSBB boshligʻi boshqa ishga oʻtdi

Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli buyrugʻi bilan Anvar Alimov yangi lavozimga tayinlandi.

Poytaxt SSBB boshligʻi boshqa ishga oʻtdi

Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli buyrugʻi bilan Alimov Anvar Valiyevich Akademik Yo. Toʻraqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

A. Alimov 1978-yilda hozirgi Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan. Turli yillarda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida dekan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida konsultant, yetakchi konsultant, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori, Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari, Sogʻliqni saqlash vaziri, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori kabi masʼul lavozimlarda ishlagan.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi, tibbiyot fanlari doktori, professor A. Alimov tayinlovga qadar Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.

Mashhur yangiliklar