Polshada og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

O‘zbekistonlik diplomatlar va faol vatandoshlar ko‘magida asli toshkentlik ayol va uning onasi xorijda davolanib, O‘zbekistonga eson-omon qaytib kelishdi. Shuningdek, ushbu aksiya doirasida diplomatlar Telegram orqali aldov qurboniga aylangan Toshkent viloyatida yashovchi 21 yoshli fuqaroni vataniga qaytardi. U shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini yo‘qotib qo‘ydi.

“Vatanga qaytganidan so‘ng ularga tegishli davlat organlari va jamoat tashkilotlari tomonidan psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, firibgarlikda ayblanayotgan hamyurtimiz Ozarbayjondan O‘zbekistonga qaytarilgandi. Mamlakat huquq-tartibot idoralari uni maxsus qo‘riqchilar nazorati ostida jo‘natishdi.