O‘zbekiston

Poliklinikalarda pulli xizmatlar narxi besh barobar oshishi haqidagi mish-mishlar rad etildi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi xizmatlar narxi nafaqat oshmasligini, balki ba’zi hollarda arzonlashishini ma’lum qildi.

Poliklinikalarda pulli xizmatlar narxi besh barobar oshishi haqidagi mish-mishlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat shifoxonalaridagi pullik tibbiy xizmatlar narxi deyarli 5 barobar oshishi haqida ma’lumotlar tarqalgan edi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi narxlar ko‘tarilmasligini, aksincha, ustamaning yuqori chegarasi pasayishini ta’kidladi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, mish-mishlarning tarqalishiga avvalgi qarorning noto‘g‘ri talqin qilinishi sabab bo‘lgan. Hujjatda xizmat narxi shunga o‘xshash byudjet qiymatining 25 foizidan (ya’ni 125 foizidan) oshmasligi kerakligi aytilgan edi. Ehtimoliy tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida yangi hujjat qabul qilindi.

Unda ta’kidlanishicha, pullik xizmatlarga ustama narx tannarxning 20 foizidan oshmasligi lozim. Masalan, agar tibbiy xizmat muassasaga 100 ming so‘mga tushsa, uning aholi uchun pullik narxi 120 ming so‘mdan oshmasligi kerak. Shunday qilib, narxlar kamida 5 foizga pasaydi.

Bundan oldin prezident O‘zbekistondagi poliklinikalarning yangi ish tizimini taqdim etgandi. Barcha shifokor va hamshiralar faqat to‘liq ish kunida ishlaydilar, yarim stavkada ishlash bekor qilinadi.

Izohlar

Mavzuga oid