Pep Gvardiola Abduqodir Husanovning asosiy ustunligini aytdi
“Manchester Siti” murabbiyi oʻzbekistonlik futbolchini qachon transfer qilishga qaror qilgani va undagi oʻziga xos sifatlar haqida gapirdi.

“Chelsi”ga qarshi oʻyin oldidan “Man Siti” rasmiy sayti klub ustozi Pep Gvardiolaning intervyusidan iqtiboslar keltirdi. Unda Pep mavsum boshida himoya chizigʻidagi jarohatlar sabab Husanovni qishki transfer oynasidayoq sotib olish asosiy maqsadlardan biriga aylanganini taʼkidlagan. Shuningdek, klub oʻzbekistonlik himoyachini oʻtgan yozdan buyon kuzatib kelganini maʻlum qildi.
Husanov bilan shartnoma tuzish taklifi qachon paydo boʻlgani haqida soʻralganda, Pep shunday javob berdi:
“Yozda Chiki Begiristayn va uning xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazib, barcha pozitsiyalardagi nomzod oʻyinchilar haqida gaplashganmiz. Oʻshanda ular Husanov haqida aytishgandi.
Jon (Stounz), Natan (Ake), Ruben (Diash) va Manu (Akanji) bilan bogʻliq vaziyat sabab qishki transfer bozoriga chiqishga qaror qildik. Koʻpchilik uni kelajak uchun deb hisoblashadi, chunki biz bir yillik oʻyinchi olmaymiz, ularning katta kelajagi bor. Abduqodir bizga yetishmayotgan oʻziga xos sifatlarga ega futbolchi. Shu bois uni sotib olishga qaror qildik.
U bizga yordam bera oladi, bunga ishonchim komil. Ha, u yosh va Vitor kabi oʻsishda davom etadi. Yozgi yigʻin bilan tayyorgarlik koʻrish afzal boʻlardi, ammo u hozir ham biz uchun muhim oʻyinchi boʻladi.
Husanov markaziy himoyachi sifatida, markazda ham, oʻng qanotda yoki uchlik himoyada ham oʻynay oladi. Turli pozitsiyalarda harakat qilishi mumkinligini qoʻshimcha qildi.
“Husanovning faqatgina tezligi bizga yordam beradi. Uning tezligi, albatta, muhim, ammo muammomiz – toʻp nazorati bilan bogʻliq. Misol uchun PSJ’ga qarshi bahsda ulardan koʻproq yugurdik. Biz himoyaviy oʻyinimiz bilan maqtana olmaymiz, toʻp bilan oʻynaganda yaxshimiz.
Toʻp bilan harakatimiz oʻtgan yillarga nisbatan yomonroq. Unga yaxshiroq egalik qilishimiz kerak. Agar toʻpni notoʻgʻri uzatsak, ish juda qiyinlashadi. Futbolda asosiysi — toʻp bilan nima qila olishing”, deya Pep Gvardiolaning soʻzlarini keltiradi klub matbuot xizmati.
Мавзуга оид хабарлар:
Husanovning “Man Siti”dagi maoshi maʻlum boʻldi “Hech narsada to‘xtash yo‘q” – Husanov “Man Siti”da ilk bor intervyu berdi Rasman: Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan 4,5 yillik shartnoma imzoladi Husanov “Manchester Siti”da 45-raqamda o‘ynaydi — OAV Rasman: Abduqodir Husanov “Manchester Siti” futbolchisi
Soʻnggi yangiliklar







